Ish yuritish sudning ajrimi bilan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilsa va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʻrsatishi shart.

(125-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)

Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

(125-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-887-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)