Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda solinadi.
Sud jarimasini solish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga darhol yuboriladi.
Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak.
(146-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)