Javobgarning amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qogʻozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining turish joyi nomaʼlumligi sababli unga topshirishning imkoni boʻlmaganligi haqida yozib yuborgan maʼlumot sudga kelib tushgach, sud ishni muhokama qilishga kirishadi.
Fuqarolik protsessual kodeksi
I bo'lim
16 bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
164-modda
Javobgarning turish joyi nomaʼlumligi
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish164-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.