Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar uning shartlari:

qonunchilikka zid boʻlsa;

(169-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa.

Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.