Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno.
Fuqarolik protsessual kodeksi
II bo'lim
21 bob. Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash
202-modda
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish202-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.