Sudning quyidagi:

1) alimentlar undirish toʻgʻrisidagi;

2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi;

3) mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash uchun toʻlovlar undirish toʻgʻrisidagi;

4) mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;

4¹) eʼlon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻxtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi;

(266-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1150-sonli Qonuniga asosan 4¹-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026-y., 03/06/1150/0587-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 12-sentabr)

5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmasiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi;

6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar daʼvoni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, toʻliq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak.