Sud ajrimida quyidagilar koʻrsatiladi:

1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;

(272-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)

2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;

3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq toʻlovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami;

(272-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)

4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;

5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar;

(272-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;

7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.

Sud tomonidan oʻz joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.

Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.