Javobgar sirtdan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga shu hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn besh kun ichida uni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida ariza berishga haqli.

Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 287 — 291-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

(285-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-661-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)