Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud fuqaroning oʻzi, uning homiysi, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan fuqaroning muomala layoqatini cheklashni va unga nisbatan belgilangan homiylikni bekor qilish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqaradi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sud vasiy, shuningdek ushbu Kodeksning 310-moddasida sanab oʻtilgan tashkilotlar va shaxslar bergan arizaga binoan, sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga asoslanib, sogʻaygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi.
(315-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)