Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻzi yashab turgan joydagi sudga oʻzini toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

(324-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilishni rad etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlganda voyaga yetmagan shaxsni toʻliq muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi.