Agar arizachi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddat oʻtguniga qadar hujjatni saqlovchiga nisbatan daʼvo taqdim etmasa, sudya ushbu Kodeksning 332-moddasiga muvofiq koʻrilgan choralar oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va hujjat bergan muassasani bu haqda xabardor qiladi. Hujjatni saqlovchi bunday choralar koʻrilishi natijasida oʻziga yetkazilgan zararni arizachidan undirish huquqiga ega.
Fuqarolik protsessual kodeksi
II bo'lim
36 bob. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda …
336-modda
Hujjatni saqlovchiga nisbatan daʼvo taqdim etmaslik oqibatlari
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish336-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.