Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni (chaqiruv qogʻozlari va boshqa hujjatlarni topshirish, taraflar va guvohlarni soʻroq qilish, ekspertiza oʻtkazish, joyida koʻzdan kechirish va hokazo) bajarish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bergan topshiriqlarini ijro etadi. Bundan quyidagi hollar mustasno:

1) topshiriqni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchilikning asosiy prinsiplariga zid boʻlsa;

(363-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

2) topshiriqni ijro etish sudning vakolati doirasiga kirmasa.

Chet davlat sudlarining ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida ijro etiladi.

(363-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oʻzbekiston Respublikasi sudlari chet davlat sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida topshiriqlar bilan murojaat qilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlari bilan aloqada boʻlish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.

(363-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)