Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mol-mulk bilan bogʻliq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

Koʻchmas mol-mulk xususida tuzilgan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish va tegishli reyestrlarni yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

(111-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Qonunchilikda muayyan turdagi koʻchar mol-mulk xususida tuziladigan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilab qoʻyilishi mumkin.

(111-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)