Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qoʻyish (sotib olish) yoʻli bilan, shuningdek mulk huquqini qonun asosida bekor qiluvchi qonunchilik hujjatiga asosan bekor boʻladi.

(197-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi OʻRQ-801-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)