Respublika mulki va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat boʻlgan davlat mulki ommaviy mulkdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida mulkchilik munosabatlari, shu jumladan ommaviy mulk munosabatlari ushbu Kodeks bilan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(213-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)