Har bir mulkdor umumiy mol-mulk boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda, shuningdek mol-mulkni saqlash va asrash chiqimlarida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ulushiga qarab qatnashishi shart.

(221-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)

Zarur boʻlmagan hamda mulkdorlardan biri tomonidan qolganlarning roziligisiz qilingan xarajatlar uning oʻz zimmasiga tushadi. Bunda kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal qilinishi kerak.