Garchi mulkdor boʻlmasa ham, lekin mol-mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga koʻra egalik qilayotgan shaxs ham ushbu Kodeksning 228 — 231-moddalarida nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.

(232-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)