Kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan qarzdor bu haqda kafilni darhol xabardor qilishi shart. Aks holda oʻz navbatida majburiyatni bajargan kafil asossiz olinganni kreditordan undirib olishga yoki qarzdorga regress talab qoʻyishga haqli. Regress talab qoʻyilgan taqdipda qarzdor asossiz olingannigina kreditordan undirib olishga haqli.
Fuqarolik kodeksi
III bo'lim
22 bob. Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash
4-§. Kafillik
296-modda
Qarzdor majburiyatini bajarganligi haqida kafilni xabardor qilish
Bazada yangilangan: 22.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish296-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.