Kreditorning oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonunchilikka yoki shartnomaga zid boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.
(319-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kreditorning shaxsi qarzdor uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan majburiyat boʻyicha talabdan qarzdorning roziligisiz boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.