Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
(203³-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)