Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
(119-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Mahkumlar yil mobaynida:
besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv;
sakkiz marta telefon orqali soʻzlashuv;
sakkizta posilka yoki yoʻqlov;
sakkizta banderol olish huquqiga ega.
(119-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)