Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar.

(121-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizi boʻlgan summasigacha oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.

(121-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Mahkumlar yil mobaynida:

toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv;

olti marta telefon orqali soʻzlashuv;

oltita posilka yoki yoʻqlov;

oltita banderol olish huquqiga ega.

(121-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)

Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi taqiqlanadi.