(182-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)

Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qoʻllaniladi:

jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarga — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda;

ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganlaridan soʻng davolashni davom ettirish zarurati boʻlganda esa — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.

(182-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:

jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;

ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur boʻlganda esa, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.

(182-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)