Voyaga yetmagan shaxslar xalq taʼlimi organlarining maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.

(197-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlishi tartibi va sharoiti, oʻquv jarayoni va tarbiyaviy taʼsirga oid ishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.