Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.

(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)

Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi probatsiya boʻlinmasi zimmasiga yuklanadi.

(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)

Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda oʻtaladi.

Jazoni oʻz ish joyida oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar oʻzlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar.

Jazoni boshqa joylarda oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar probatsiya boʻlinmasi belgilab beradigan korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi.

(26-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)