Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi.

Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;

tarbiya koloniyalari;

turmalar;

mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar.

(45-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)

Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi.

Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga boʻlinadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.

Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.

(45-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)

Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.