Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qoʻllash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini ragʻbatlantirish prinsiplariga asoslanadi.

(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)