Eksperiment oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda oʻtkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda oʻz aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta oʻtkazilganligi; qanday natijalar olinganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Jinoyat-protsessual kodeksi
Umumiy qism
III bo'lim
19 bob. Eksperiment
156-modda
Eksperiment bayonnomasi
Bazada yangilangan: 22.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish156-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.