Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlash chorasini koʻrishi shart.

(218-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1174-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1174/0920-son)

Shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi koʻrsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham koʻrilishi shart.

(218-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)