Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi.
Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi.
(320³-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Surishtiruv ushbu Kodeksning 381²-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Tergovi surishtiruv shaklida oʻtkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va toʻla oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida ushbu Kodeksning 381⁵-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga koʻra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin.
(40¹-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi OʻRQ-442-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)