Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda sud jinoyat ishini tugatadi.

Sud ajrimida:

jinoyat ishini tugatish asoslari koʻrsatiladi;

ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi;

ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.

(405¹⁰-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)

Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ishni tugatishga haqlidir.

Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsga va jabrlanuvchiga topshiriladi.