Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi maʼlumot davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan yoʻqotilishi, basharti, bu yoʻqotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish natijasida roʻy bergan boʻlsa, —

bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(163-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

Oʻsha harakatlar ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(163-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)