(57¹-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-277-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud boʻlgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng koʻp jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
(57¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 18-maydagi OʻRQ-245-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 147-modda)