Ancha miqdor — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdor.

(sakkizinchi boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Ancha miqdordagi zarar — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar.

(sakkizinchi boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Boshqa huquqiy taʼsir chorasi — jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan majburlov choralari, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari).

Valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻtishi bilan bogʻliq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan toʻlov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, joʻnatish va oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, joʻnatish va oʻtkazish, rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar.

(sakkizinchi boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)

Valyuta qimmatliklari — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan valyuta qimmatliklariga chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar va toʻlov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar kiradi.

(sakkizinchi boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)

Giyovandlik vositalari — giyovandlik vositalari roʻyxatlariga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud boʻlgan preparatlar va oʻsimliklar

(sakkizinchi boʻlimning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)

Giyohvandlik vositalarining va psixotrop moddalarning analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra giyohvandlik vositalariga va psixotrop moddalarga oʻxshash boʻlgan, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar

(sakkizinchi boʻlimning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishdagi koʻp miqdor — tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi.

(sakkizinchi boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

Giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan yoki ularning analoglaridan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor — tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi.

Giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan yoki ularning analoglaridan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor

(sakkizinchi boʻlimning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

(sakkizinchi boʻlimning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-980-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son)

Davlat siri — oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga salbiy taʼsir etishi yoki Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar.

Davlat sirlari — davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan cheklab qoʻyilgan oʻta muhim, mutlaq maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa maʼlumotlardir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat siriga boʻlinadi.

Juda koʻp zarar — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdordagi zarar.

(sakkizinchi boʻlimning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Juda koʻp miqdor — bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor.

(sakkizinchi boʻlimning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulot — tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlmagan, zoʻravonlik yoki shafqatsizlik sodir etishga undaydigan materiallar va narsalar

(sakkizinchi boʻlimning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Katta ekin maydoni — 1000 kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan ekin maydoni

Koʻp boʻlmagan zarar — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar.

(sakkizinchi boʻlimning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Koʻp miqdor — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan miqdor.

(sakkizinchi boʻlimning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Koʻp miqdordagi zarar — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar.

(sakkizinchi boʻlimning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Koʻpchilik uchun xavfli usul — oʻt qoʻyish, portlatish, suv bostirish va odamlar xalok boʻlishi yoki koʻp miqdorda zarar yetkazish xavfini tugʻdiradigan boshqa usullar.

Mansabdor shaxs — doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs.

(sakkizinchi boʻlimning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

(sakkizinchi boʻlimning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Odamlardan foydalanish — boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik yoki qullikka oʻxshash odatlar, erksiz holat yoxud inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 16-sentabrdagi OʻRQ-179-sonli Qonuni asosida atama bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 366-modda)

Oldindan ayon boʻlish — qonunda bayon etilgan xulq-atvor va shart-sharoitlarga munosabat va bu munosabatning shaxs ulardan xabardorligidan dalolat berishi.

Oldindan til biriktirish — jinoyat ishtirokchilari oʻrtasida jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shugʻullanish toʻgʻrisida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish.

Prekursorlar — prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar

(sakkizinchi boʻlimning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

Poraxoʻrlik — pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish.

Pornografik mahsulot — pornografik asar, shuningdek badiiy qimmatga ega boʻlmagan va ilmiy, tibbiy yoki oʻquv maqsadlari uchun moʻljallanmagan, odam jinsiy aʼzolarining yoki odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga oʻxshatilgan yoxud kompyuter texnologiyalari yordamida yaratilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoki foto-, video tasvirini yoki boshqa tasvirini oʻz ichiga olgan materiallar va narsalar

(sakkizinchi boʻlimning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)

Psixotrop moddalar — psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar

(sakkizinchi boʻlimning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)

Radioaktiv materiallar — qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa koʻrinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar, radioaktiv moddalar yoki yadro materiallari.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Tamom boʻlgan jinoyat — muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini oʻz ichiga oladigan ijtimoiy xavfli qilmish.

Tamom boʻlmagan jinoyat — shaxsga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli oxiriga yetkazilmay qolgan jinoyat.

Fuqaroligi boʻlmagan shaxs — biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega boʻlmagan jismoniy shaxs.

(sakkizinchi boʻlimning 28, 29, 30-xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)

Xizmat siri — oshkor qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir maʼlumotlar.

Xizmatchi — davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega boʻlmagan shaxs.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

Xoʻjalik yurituvchi subyekt — mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar.

Chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar.

(sakkizinchi boʻlimning oʻttiz oltinchi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)

Chet el fuqarosi — biron bir chet el davlat fuqarosining yuridik maqomiga ega boʻlgan shaxs.

Yaqin qarindoshlar — qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari.

(sakkizinchi boʻlimning oʻttiz oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi — qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik maqomiga ega boʻlgan shaxs.

Oʻrtacha kattalikdagi ekin maydoni — 250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha boʻlgan ekin maydoni.

Qilmish — harakat yoki harakatsizlik.

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyin — oʻyin tashkilotchisi (oʻyin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) oʻyin ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa sifatlariga bogʻliq yutuq toʻgʻrisida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga muvofiq oʻyin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvchi oʻyin, shu jumladan totalizatorlar, kazino, shuningdek oʻyin avtomatlaridan foydalaniladigan oʻyin.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-109-sonli Qonuni asosida atama bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)

Gʻarazgoʻylik niyatlari — sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yoʻsindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutilishga intilishda ifodalangan niyat.

Harakat — shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va faol xulq-atvori.

Harakatsizlik — shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori.

Harbiy jinoyatlar — harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy mashqni oʻtash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar.

Harbiy sir — oshkor qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan harbiy yoʻsindagi maʼlumotlar.

Hokimiyat vakili — davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaxs.

Hujjat — huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud boʻlgan yozma hujjat.

Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishdagi yoki tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzishdagi koʻp miqdor — tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)

Tijorat maqsadi — jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi OʻRQ-822-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)

Kripto-aktiv — maʼlumotlarning taqsimlangan reyestridagi raqamli yozuvlar yigʻindisini ifodalaydigan, qiymati va egasiga ega boʻlgan mulkiy huquq.

Mayning — hisoblash operatsiyalarini amalga oshirish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini saqlash, bloklarni yaratish va ularning yaxlitligini tasdiqlash faoliyati.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi OʻRQ-899-sonli Qonuniga asosan atamalar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 03/24/899/0048-son — 2024-yil 20-apreldan kuchga kiradi)

Qimmatbaho metallar — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qimmatbaho metallarga har qanday koʻrinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xom ashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, ishlab chiqarish hamda isteʼmol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) kiradi, bundan shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari, ularning rezgilari mustasno.

Qimmatbaho toshlar — ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qimmatbaho toshlarga tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid kiradi, bundan shunday toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning rezgilari mustasno.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1138-sonli Qonuniga asosan atamalar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1138/0397-son)

Gʻayriqonuniy narkolaboratoriya — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun maxsus tashkil etilgan, buning uchun zarur boʻlgan kimyoviy moddalar, asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan jihozlangan har qanday koʻchar yoki koʻchmas mulk obyekti.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2026-y., 03/26/1151/0589-son)

Korrupsiyaga oid jinoyatlar — — 1) ushbu Kodeks 167-moddasi uchinchi qismining “d” bandida, 168-moddasi toʻrtinchi qismining “g” bandida, 192⁹, 192¹⁰-moddalarida, 192¹¹-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 205-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 206-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 208-moddasining ikkinchi qismida, 209-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 210, 211, 212, 213, 214, 214¹, 214²-moddalarida va 301-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar;2) ushbu Kodeksning 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat, agar mazkur jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa.

(sakkizinchi boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan atama bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)