(112-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi OʻRQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa oʻziyurar qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini va texnika xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzish —
(112-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi OʻRQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki mexanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab boʻladi.
(112-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)