Guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki mazkur shaxslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi paytida yoki sud binosida tartibni buzishda oʻz ifodasini topgan sudga hurmatsizlik —
(180-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1176-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1176/0922-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(180-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)