Transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish qonunchilik bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:

(291-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 90¹-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 125¹-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida (bundan 125¹-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari orqali aniqlangan hollar mustasno), 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128⁶-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi boʻlmasa va toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarining buzilishi yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 128¹⁰, 131, 133-moddalarida, 134-moddasida (bundan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno), 135-moddasida (bundan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati yonida mavjud boʻlmaganligi hollari mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 176³-moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan;

(291-modda birinchi qismining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1118-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 10-may)

b) Qurolli Kuchlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yoʻl harakati qoidalarini buzganda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;

(291-modda birinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)

v) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 90¹, 91, 91¹, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;

(291-modda birinchi qismining “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)

(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuniga asosan 291-modda birinchi qismining “v¹” bandining chiqarilish sanasi 2026-yil 28-iyun — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son)

g) ushbu Kodeksning 90¹, 198, 227 — 227²⁷-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;

(291-modda birinchi qismining “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)

d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 186¹-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;

(291-modda birinchi qismining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son)

e) ushbu Kodeksning 196¹, 196², 224-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227²¹-moddasining birinchi qismida, 227²³-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining mansabdor shaxslari tomonidan;

(291-modda birinchi qismining “e” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)

j) ushbu Kodeks 210¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;

(291-modda birinchi qismining “j” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28 noyabrdagi OʻRQ-881-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/881/0906-son)

z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan.

(291-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan “z” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan sharoitlarda transport vositalari haydovchilari tomonidan ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilguniga qadar amalga oshiriladi.

(291-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-643-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 03/20/643/1410-son)

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ tomonidan elektron tizimlarda avtomatik tarzda joylashtirilgan maʼlumotga koʻra transport vositasi jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi, bundan jarima uchun toʻlov elektron toʻlov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali amalga oshiriladigan hollar mustasno.

(291-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1033-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1033/0164-son)

Qonunchilik buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

(291-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)