Voyaga yetmagan yoki oʻzining jismoniy nuqsonlari yoxud ruhiy holatining buzilganligi sababli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan oʻz huquqini oʻzi amalga oshirolmaydigan — maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoki jabrlanuvchining manfaatlarini ular uchun mazkur shaxslarning qonuniy vakillari (ota-onalari, er yoki xotinlari, voyaga yetgan bolalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ifodalashga haqlidirlar.

(296-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)

Qonuniy vakillar ish materiallari bilan tanishishga va manfaatlarini oʻzlari ifoda etayotgan shaxs nomidan iltimoslar qilishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidirlar.