Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan jinoyat ishlari boʻyicha sudga yuboradi.

(339-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)