Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar ichki ishlar organlari belgilab qoʻygan joylarda qamoqda saqlanadilar. Maʼmuriy qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish chogʻida qamoqqa olinganlar shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddati maʼmuriy qamoq muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Maʼmuriy qamoqni oʻtash Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
(346-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar jismoniy ishlarda foydalaniladi.
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar mehnatidan foydalanishni tashkil etish tuman (shahar) hokimliklariga yuklatiladi.
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarga qamoqda boʻlgan vaqtlari uchun doimiy ish joylaridan ish haqi toʻlanmaydi.
XXX¹ bob. CHET EL FUQAROLARINI VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAN MAʼMURIY TARZDA CHIQARIB YUBORISH TOʻGʻRISIDAGI QARORNI IJRO ETISH BOʻYICHA ISH YURITISH