(59-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi OʻRQ-248-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)

OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek OIV kasalligi/OITSni yuqtirishga olib keladigan tibbiy va kosmetik muolaja oʻtkazishda xavfsizlikni yetarli darajada taʼminlamaganlik —

(59-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-maydagi OʻRQ-248-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 161-modda)

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(59-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)