Arizaga (shikoyatga) quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:

1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini, agar bu ushbu toifadagi ishlar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;

1¹) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari toʻlanganligini;

(130-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuniga asosan 1¹-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)

2) arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini;

3) arz qilingan talablarga asos boʻlgan holatlarni;

4) arizani (shikoyatni) imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan boʻlsa.

Eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi.

(130-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1165-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1165/0841-son)