Maʼmuriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno.
Qonun bilan maʼmuriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy sud oʻziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va maʼmuriy organlar, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida koʻradi.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari maʼmuriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)