Maʼmuriy ishlar boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, yuridik shaxslarning esa mulkchilik shaklidan, joylashgan yeridan, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)