Quyidagilar dastlabki himoya choralari boʻlishi mumkin:
1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli boʻlgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
3) mol-mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish;
4) maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish;
5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablagʻlarini xatlash.
(93-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi OʻRQ-833-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)
Sud tomonidan bir vaqtning oʻzida bir nechta dastlabki himoya choralari koʻrilishi mumkin.
Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos boʻlishi kerak.