Voyaga yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvaragʻida jamlanadi va u voyaga yetganda toʻlanadi.
(107-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)