Ota-onasi yoʻq boʻlgan yoki ulardan taʼminot ololmaydigan voyaga yetmagan nevaralariga taʼminot berish majburiyati yetarli mablagʻga ega boʻlgan bobo va buvi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj nevaralarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmasa yoxud ulardan taʼminot uchun mablagʻ ololmasa, ularga nisbatan ham bu majburiyat bobo va buvining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Oila kodeksi
V bo'lim
16 bob. Qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari
123-modda
Bobo va buvining oʻz nevaralariga taʼminot berish majburiyati
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish123-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.