(148-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1174-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1174/0920-son)
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, sogʻlomlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
(148-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-1174-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 03/26/1174/0920-son)