Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida oʻsha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida tuzilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasida tuzilgan nikohlar, agar ushbu Kodeksning 16-moddasida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.

(235-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el fuqarolari oʻrtasida boshqa davlat hududida oʻsha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.

(235-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)