Sud nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarish paytida nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi berilayotganda er-xotinning har ikkalasi yoki ulardan biri toʻlaydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, ularning har biri toʻlaydigan boj miqdorini belgilaydi.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255 sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)